«alisher sultonov» tegli maqolalar


Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi
29 sentabr 2022, 22:54

Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi

Prezident «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Mirzamahmudovni bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinladi.

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi
7 aprel 2022, 17:55

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi

2019 yildan beri energetika vaziri sifatida ishlab kelayotgan Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov koronavirusga qarshi ikki marotaba to‘liq emlangan
12 avgust 2021, 17:28

Energetika vaziri Alisher Sultonov koronavirusga qarshi ikki marotaba to‘liq emlangan

Energetika vaziri Alisher Sultonov dekabr va may oylari oralig‘ida ikki marotaba koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning to‘liq kursini tugatgan. Vazir aynan qaysi preparat bilan emlangani ma’lum qilinmadi.

Prezident — energiya ta’minoti haqida: «Men o‘ylaymanki, korrupsiya qilish uchun bu sohani isloh qilishmagan»
25 mart 2021, 19:05

Prezident — energiya ta’minoti haqida: «Men o‘ylaymanki, korrupsiya qilish uchun bu sohani isloh qilishmagan»

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, elektr energiya va gaz sohasi «korrupsiya qilish uchun isloh qilinmagan». U 2021 yilda 5377 mahallada (60%) 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4000 ta transformatorlarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Energetika vaziri o‘tgan 25 yillik davrga qaraganda so‘nggi 4 yilda 2,5 baravarga ko‘proq elektr tarmoqlari qurilganini ma’lum qildi.

Deraza va eshiklar yaxshi yopilyaptimi, shamol o‘tmayaptimi? — energetika vaziri havo keskin sovishi haqida ogohlantirdi
19 yanvar 2021, 23:51

Deraza va eshiklar yaxshi yopilyaptimi, shamol o‘tmayaptimi? — energetika vaziri havo keskin sovishi haqida ogohlantirdi

Energetika vaziri Alisher Sultonov 10 kun ichida havo keskin sovishi haqida gapirib, avvallari “derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi, eshiklarni isitishni ham o‘ylardik”, — dedi. Shunga ko‘ra, 20-yanvardan 1-fevralgacha iste’molchilarni elektr energiya va gaz bilan ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgani qayd etildi.

«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri
1 dekabr 2020, 16:34

«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri

Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.

«Tizim ham ma’nan, ham jismonan eskirgan». Alisher Sultonov energetika infratuzilmasi haqida
30 noyabr 2020, 16:55

«Tizim ham ma’nan, ham jismonan eskirgan». Alisher Sultonov energetika infratuzilmasi haqida

Energetika vaziri Alisher Sultonov mamlakat energetika tizimining hozirgi holati, bu — ham sobiq ittifoq merosi, ham O‘zbekistonning so‘nggi 30 yil ichidagi harakatsizligi ekanini ta’kidladi. «Harakatsizlik — majburlikdan, ya’ni, bunga mablag‘ ajratilmadi», — deya tushuntirdi vazir. U shuningdek, unga nisbatan bildirilayotgan salbiy fikrlarga nisbatan hazilomuz javob qaytardi.

30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan — energetika vaziri
30 noyabr 2020, 14:37

30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan — energetika vaziri

Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasida bergan intervyusida 30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingani, kompaniyaga beg‘araz ajratilgan 400,9 mlrd so‘mlik subsidiyalar hamda tizimdagi korrupsiya haqida to‘xtaldi. U o‘zi shu kompaniyaga rahbar bo‘lgan vaqtda ushbu muammolarni bartaraf etmagani sababini ham ma’lum qildi.

30 yil Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqamiz deb ko‘p narsani yo‘qotdik — Alisher Sultonov
30 noyabr 2020, 11:13

30 yil Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqamiz deb ko‘p narsani yo‘qotdik — Alisher Sultonov

Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekiston 30 yil davomida Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqishga harakat qilib, ko‘p narsani yo‘qotgani, jumladan, bu holat yirik stansiyalarning muddatidan avval eskirishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston 2020 yilda qancha elektr eksport va import qilgani aytildi.

«Hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi» — energetika vaziri iste’fo haqida
26 noyabr 2020, 09:37 1

«Hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi» — energetika vaziri iste’fo haqida

Energetika vaziri Alisher Sultonov gaz va elektr ta’minoti ortidan jamoasi bilan iste’foga chiqish masalasida fikr bildirdi. «To‘g‘ri, kamchiliklar juda ham ko‘p. Lekin hozir hamma iste’foga chiqib ketadigan bo‘lsa, ishni kim qiladi? Mutaxassislar o‘zi qolmayapti. Siz o‘ylamang, hech kim o‘zini joyini ushlab olgani yo‘q, lekin qanday qiyin bo‘lmasin, hamma o‘zini ishini qilishi kerak», — dedi vazir.

“Hech qachon O‘zbekiston “Lukoyl”dan qarz bo‘lmagan” — energetika vaziri
26 noyabr 2020, 08:49

“Hech qachon O‘zbekiston “Lukoyl"dan qarz bo‘lmagan” — energetika vaziri

Energetika vaziri Alisher Sultonov ta’kidlashicha, O‘zbekiston hech qachon “Lukoyl"dan qarz bo‘lmagan. U qarzdor “O‘zbekneftegaz” bo‘lganini, hozirgi paytda “O‘ztransgaz” gaz olganini aytdi. “O‘shaning uchun bu ikkita xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi munosabat” — dedi vazir. Uning o‘rinbosari Behzot Normatov O‘zbekiston “Lukoyl” loyihalarida qancha daromad qilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting